Bo‘stonliqda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro 1 650 000.00 so‘m miqdorida jarimaga tortildi
20.
06. 2023
16:13
1599
Yangiliklar

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog'liq huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga Bo‘stonliqdagi Kichik soy MFY hududiga chiqindi tashlangani muhrlandi. 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni fuqaro A. A. sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Huquqbuzarga nisbatan 1 650 000.00 so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Foydali manbalar