Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i fotoqopqonga tushdi
15.
06. 2023
16:09
1928
Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i muhrlandi.

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i mamlakatimizda muhofazaga olingan noyob hayvonlardan biri bo‘lib, zaif, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Ushbu jonivor Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining “Qizil ro‘yxati” va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

Qo‘ng‘ir ayiqning ko‘rish qobiliyati yaxshi emas, hid bilish va eshitish qobiliyati esa kuchli. U daraxt tanasi va yirik butalarga ishqalanib, hidini qoldiradi. Bu belgilar boshqa ayiqlar bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan  to’qnashuvlarning oldini oladi.

Video: https://youtu.be/F3syMn_8uFY

Foydali manbalar