Qoraqalpog‘iston Respublikasida Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi
12.
06. 2023
09:33
2596
Yangiliklar

Bugun, 11-iyun soat 05:30 da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Quyi Amudaryo biosfera rezervati inspektorlari tomonidan Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati inspektorlariga rezervatning Jumurtov boʻlimi oʻtish zonasi fermer xoʻjaligi hududida oʻq ovozi eshitilganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. 

Inspektorlar voqea joyiga yetib borishganida oq rangli "Matiz" avtomashinasi chiqib ketganligini aniqlashgan. Mashina izidan quvib, Gurlan tumani Dehqonobod MFYgacha borishgan. Huquqbuzarning mashinasida qoplar borligi, ularga esa bir dona Buxoro bugʻusining boʻlaklangan jasadi solingani ma'lum bo‘ldi. Brakonyer qo‘lga olindi. 

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovchisi tomonidan protsessual tartibda ikki dona ov miltigʻi, bir dona Buxoro bugʻusi tana qismlari rasmiylashtirib olindi. 

Buxoro bugʻusini noqonuniy ovlash orqali huquqbuzar tomonidan tabiatga 99 million so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ish prokuraturaga yuborilgan.

Foydali manbalar