1048 gektar yer maydonidagi kovrak o‘simligi nobud bo‘lishdan saqlab qolindi
09.
06. 2023
13:26
2029
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kovragi o‘simligining yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ko‘payishini ta'minlash maqsadida moratoriy joriy etilgan. (https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3201) 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 18-fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra moratoriy uch yil muddatga amal qiladi. 

Moratoriy davrida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan, jumladan, kovrak o‘simligidan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari ko‘rilmoqda va qonunbuzilish holatlari bartaraf etilmoqda. Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining keng tarqalgan tog’li va cho‘l huqudlarida 4 ta  ekologik nazorat guruhlari tashkil etilib, aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash kerakki, ma'lumot uchun, nazorat guruhlari tomonidan bugunga qadar 15 dan ortiq huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan 25 mln so‘mga yaqin ma’muriy jarimalar belgilandi. Shu bilan birga, huquqbuzarlar tomonidan noqonuniy qurilgan 20 ta chaylalar buzilib, 1048 gektar yer maydonidagi kovrak o‘simligi nobud bo‘lishining oldi olindi. 

Ma'lumot uchun, kovrak o‘simligini noqonuniy yig‘ish, tayyorlash va undan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish jiddiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Jumladan, yuqoridagi kabi huquqbuzarliklarda zarar miqdori eng kam ish haqining 300 barobaridan (99 mln so‘m) oshgan taqdirda, huquqbuzarlarga nisbatan jinoyiy javobgarlik belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, tezkor nazorat tadbirlari 2023-yil 1-iyundan 1-sentabrgacha davom etadi.

Muhim! Ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazilishi bilan bog'liq holatlarga guvoh bo‘lsangiz, Vazirlikning qisqa 11-57 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Foydali manbalar