Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi
01.
06. 2023
00:25
1778
Yangiliklar

Tabiat resurslari vazirligi va "O‘zsanoatqurilishbank" ATB o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum ekologik muammolarni hal etish borasidagi loyihalar, dasturlar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan jamoatchilik e’tiborini jalb etish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash sohasidagi hamkorlik kabi masalalarni o‘z ichiga olgan.

Qolaversa, memorandum doirasida butunjahon ekologik aksiyalari, ekologik ta’lim va madaniyatni yanada oshirishga qaratilgan konferensiyalar, seminarlar, ko‘rik-tanlovlar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. 

Shu bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari va butalar ekish ham maqsad qilingan.

Foydali manbalar