Barchangizni 27-may kuni bo‘lib o‘tadigan piknik aksiya tadbiriga taklif qilamiz!
26.
05. 2023
16:19
1927
Yangiliklar

Joriy yilning 27-may kuni, soat 10:00da Toshkent shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur” markaziy eko bog‘ida “Piknik madaniyati” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tadbir, shuningdek, Respublikaning barcha hududlarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi markaziy xiyobonlarda ham tashkil qilinadi. 

Ta’kidlash joizki, Sizni shu kuni turli konsert tomoshalari, qo‘g‘irchoq teatri va pantomimo namoyishlari kutmoqda. Shuningdek, yosh va havaskor rassomlar tomonidan master-klasslar, kitobxonlik musobaqalari, turli sport o‘yinlarida (badminton, shaxmat, voleybol va boshqalar) ham ishtirok etishingiz mumkin.

Tadbir soat 10:00 dan 22:00 gacha bo'lib o'tadi.

Piknik uchun kerakli jihozlarni olib kelishni unutmang. Barchangizni ko‘ngilochar tadbirda kutib qolamiz.

Foydali manbalar