Har birimiz sayyoramizni asrashga o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin
15.
05. 2023
16:20
2142
Yangiliklar

15 may – Xalqaro iqlim kuni

Xalqaro iqlim kuni global muammolardan biri – global isish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsadida nishonlanadigan ekologik sanadir.

Birinchi marta iqlimni saqlash muammosi jahon miqyosida 1992-yilda – Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Yer sammitida muhokama qilingan. Mazkur sammitda 180 dan ortiq davlat vakillari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasini (UNFCCC) imzolagan. Ushbu konvensiya qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad iqlim tizimiga xavfli antropogen aralashuvning oldini olishdan iboratdir.

Iqlim o'zgarishi nafaqat hayvonlar va o'simliklarning hayotiga, balki butun insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, sog'liqni saqlash va boshqa ko'plab sohalarga ta'sir qiladi.

Har birimiz sayyoramizni saqlab qolish uchun o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin: energiyani tejash, ekologik toza mahsulot va xizmatlarni tanlash, jamoat transportidan foydalanish, avtomobillardan kamroq foydalanish, chiqindilarni saralab ajratish va hokazo…

Xalqaro iqlim kuni sayyoramizni himoya qilish har bir insonning burchi ekanligi haqidagi ezgu g‘oyani ilgari suruvchi muhim sanaligi bilan alohida ahamiyatga ega. Asosiysi bugungi kunimizda usbu kunning ahamiyati yanada ortib bormoqda.

Foydali manbalar