Yovvoyi hayvonlarga duch kelganda to‘gri harakat qilish qoidalari ishlab chiqilmoqda
05.
05. 2023
15:50
2581
Yangiliklar

Tabiat resurslari vazirligida yovvoyi hayvonlarga to‘qnash kelish holatlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Tabiat resurslari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, “Toshkent hayvonot bogʻi” xodimlari ishtirok etdi.

Ta'kidlash kerakki, ba'zan yovvoyi hayvonlarning oziq-ovqat izlash maqsadida aholi punktlariga kelib qolishi yoki pana joy qidirib, xonadonlarga kirib olishi holatlari kuzatiladi. Bunday holatlarda insonlarning hayoti va sogʻligʻini asrash, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni oʻldirmasdan saqlab qolish eng dolzarb masalalardan biridir.

Tadbirda shu va boshqa masalalar ilgari surildi. Xususan, Tabiat resurslari vazirligining hududiy boshqarmalarini yovvoiy hayvonlarni uxlatadigan maxsus vositalar bilan taʼminlash masalasi ham muhokama qilindi. Shuningdek, masʼul mutaxassislarga uxlatish vositalaridan toʻgʻri, maqsadli va xavfsiz foydalanishni o‘rgatish yuzasidan olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlarga e'tibor qaratildi.

Shu bilan birga, insonlar yovvoyi hayvonlar bilan toʻqnash kelganda oʻzlarini qanday tutishi yuzasidan tegishli qoidalar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. Yig'ilishda bu borada mutaxassislarning fikrlari va takliflari tinglandi. 

Qayd etish joizki, fuqarolar yovvoyi hayvonni koʻrganda birinchi navbatda kimga murojaat qilishlari kerakligi va har bir mutassadi organning vazifalari belgilanmoqda.

Foydali manbalar