Jizzaxda “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!” shiori ostida velomarafon bo‘lib o‘tdi
27.
04. 2023
10:02
1797
Yangiliklar

Tabiat resurslari vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!” shiori ostida velomarafon aksiya tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur velomarafon erkak va ayollar o‘rtasida 14-17 yosh, 18-30 yosh, 31-42 yosh hamda 43 yoshdan yuqori bo‘lgan yosh toifalari bo'yicha tashkil etildi. Velopoygada erkaklar 24, ayollar esa 20 km masofani bosib o'tishdi.

Marafon g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan diplom, velosipedlar hamda pul mukofotlari  topshirildi. Tadbir yakunida musiqali chiqishlar va konsert dasturlari ham namoyish etildi.

Foydali manbalar