Qashqadaryoda noqonuniy tarzda tuproq qazib olinayotganligi aniqlandi
26.
04. 2023
10:35
1730
Yangiliklar

Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Dehqonobod tumani Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o'tkazildi. 

"O'zbekiston" MFY hududidagi reyd davomida G'uzor tumani "Pachkamar" MFYda yashovchi fuqaro U. Sh. o'zi boshqaruvidagi maxsus texnika yordamida noqonuniy tuproq qazib olayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan 3 000 000 so'm jarima qo'llanildi va undirildi.

Foydali manbalar