Toshkentdagi yangi avtobus va elektrobuslar atmosferaga chiqariladigan zaharli gazlar miqdorini 1,2 ming tonnaga kamaytiradi
25.
04. 2023
10:15
3780
Yangiliklar

10-apreldan 10-mayga qadar butun Respublikamiz boʻylab “Toza havo” oyligi oʻtkazilmoqda. Bunda transport vositalaridan atmosferaga zaharli gazlar tarqalishini kamaytirish koʻzda tutilgan. 

Toshkentga Xitoydan olib kelingan 223 ta yangi avtobus va elektrobuslar aynan havodagi zaharli tashlamalarni kamaytirishga xizmat qiladi. Negaki mazkur jamoat transporti vositalari ekologik jihatdan xavfsiz hisoblanadi.

Taʼkidlash kerakki, yangi avtobus va elektrobuslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra olib kelingan. 

Yangi transport vositalari bugundan poytaxt koʻchalarida 1000 dan ortiq yoʻnalishda harakatlanmoqda. Natijada atmosfera havosiga chiqariladigan zaharli gazlar miqdori bir yilda o‘rtacha 1,2 ming tonnaga kamayishiga erishiladi.



Maʼlumot oʻrnida, 2022-yilning fevral oyida Toshkent shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy boʻlgan 20 dona elektrobus olib kelingan edi. 2025-yilgacha esa yana 673 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilgan.

Foydali manbalar