Termiz hayvonot bog‘ida ikkita noyob hayvondan nasl olindi!
19.
04. 2023
16:44
2812
Yangiliklar

 

Termiz hayvonot bog‘ida parvarish qilinayotgan  Afrika yoldor qo‘yi bolaladi.



Afrika yoldor qo'yi, asosan, Shimoli-sharqiy Afrikada uchraydi. 
Ushbu noyob hayvon  juft tuyoqlilar turkumiga mansub bo‘lib, homiladorlik davri 150-160 kunni tashkil etadi, 1-2 tagacha bolalaydi. Umr ko‘rish davomiyligi 12-17 yilni tashkil etadi. 

Qo'ylarning bu turi oila bo‘lib yashaydi. O‘t-o‘lanlar, o‘simliklar bilan oziqlanadi.

Shuningdek, yana bir noyob hayvon - O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘yi ham bolalagan.

Bu noyob tur  O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston dashtlarida uchraydi, o‘txo‘r hayvon hisoblanadi. Homiladorlik davri 165 kun, umr ko‘rish davomiyligi 12-15 yilni tashkil etadi.

Foydali manbalar