"Zomin" davlat qo'riqxonasida kuzatuv-monitoring ishlari o‘tkazilmoqda
14.
04. 2023
12:49
2459
Yangiliklar

Maqsad qo‘riqxonadagi yovvoyi hayvonlarning ov qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, oʼsimlik dunyosini himoya qilish, shu jumladan, yaqin hududlardagi mahalliy aholi  tomonidan daraxt va butalar kesilishining oldini olishdir.

Ma'lumot uchun, Zomin qo'riqxonasining maydoni 26 840 gektarga teng. Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 1200 dan ortiq turi uchraydi. Ularning 21 turi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Shuningdek, dorivor oʻsimliklarning 20 dan ortiq turi, manzarali oʻsimliklarning esa 15 dan ortiq turi mavjud.

“Zomin” davlat qoʻriqxonasida 30 tur sut emizuvchilar, 102 tur qushlar, 14 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchi, 1 tur baliqlar sinfiga mansub hayvonlar uchrashi qayd etilgan. 

Hayvonlarning 12 turi hayvon Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga, 4 turi esa Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi Qizil roʻyxatiga kiritilgan.

Foydali manbalar