Tulki bolasining hayoti saqlab qolindi
07.
04. 2023
18:17
2359
Yangiliklar

7-aprel kuni Buxoro viloyati Olot tumanida tulki bolasining hayoti saqlab qolindi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi Olot tumani inspeksiyasi inspektori Mo‘minjon Saidovning uyiga tulki bolasi adashib kirib qoladi. Uning oyoqlari jarohatlangan, yordamga muhtoj edi. Inspektor darhol tulki bolasini veterinariyaga olib boradi va birinchi yordam  ko’rsatiladi.

Ayni paytda tulki bolasi Buxoro shahar “Somoniylar bog’i”dagi hayvonot bog’iga topshirilgan. U sog’ayib ketganidan keyin tabiat bag'riga qo’yib yuboriladi.

 

Foydali manbalar