Sariq sor - qarchigʻaylar oilasiga mansub oʻrtacha kattalikdagi yirtqich qush boʻlib, Markaziy Osiyoda eng koʻp tarqalgan turlardan biri hisoblanadi.
Oʻzbekistonda togʻ etaklarida, tekisliklarda, shu jumladan choʻl hududlarida ham yashaydi, qoyalarga, jarliklarga, daraxtlarga yoki saksovullarga in quradi.
Mart oxirida yoki aprelda tuxum qoʻyadi va 2-5 tagacha bola ochadi. Koʻplab kemiruvchilar bilan oziqlanadi va shu bilan qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi.
Suratlar Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasi xodimlari tomonidan monitoring ishlari davomida olingan.
Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati