Ta'limdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
10.
03. 2023
18:31
2382
Yangiliklar

Tabiat resurslari vazirligida Malayziya global ta’lim xizmatlari agentligi raisi Abdul Razak Ahmad hamda Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hendi Asan bilan uchrashuv bo'lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida oliy ta'lim sohasida ekologik ta’limni rivojlantirish, Iqlim o‘zgarishlarinihg oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini barqaror ta’minlash hamda suv resurslarini boshqarish  istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek "yashil" iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o'tish, Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqaro ekologik standartlarni belgilash, raqamlashtirish tizimini keng joriy qilish, ekologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, xodimlar va mutaxassislar salohiyatini oshirish, bu borada xalqaro tajribani o'rganish va mexanizmlarini ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Tomonlar ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy qilish, tizimni keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishdi.

Joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan BMT Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-yigʻilishi hamda BMT Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) tadbirini hamkorlikda o‘tkazishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Tabiat resurslari vaziri o'rinbosari J. Kazbekov ishtirok etdi.

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Foydali manbalar