Seminarda mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari qatorida Tabiat resurslari vazirligi mas’ullari ham ishtirok etmoqda.
Qayd etish o'rinliki, ko'plab mamlakatlarda tabiat resurslaridan oqilona foydalanish ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikni ta'minlash bilan birga iqlim barqarorligini mustahkamlash uchun istiqbolli va tejamkor strategiya hisoblanadi.
Jahon banki iqlim muammolarini bartaraf etish uchun mamlakatlarga barqarorlikni oshirishga yordam berish maqsadida tabiatga asoslangan yechimlar integratsiyasini kengaytirmoqda. Mazkur seminarda shahar bosh rejasini ishlab chiqishda iqlim sharoitiga mos bo'lgan ekotizimni barqarorlashtirishga qaratilgan va ilmiy asoslangan yechimlarni amalga oshirish bo‘yicha o'rganish uchun platforma taqdim etildi.
Seminarning birinchi kunida xalqaro ekspertlar tomonidan tabiatga asoslangan yechimlarga umumiy nuqtai nazar, suv toshqini xavfini boshqarish, jamoatchilikni jalb qilish va xususiy kapitalni safarbar qilish, suv havzasi va shahar boshqaruvi uchun iqlimga moslashish mavzularida taqdimot qilindi.
Seminar qatnashchilari o'z davlatlarida olib borilayotgan chora-tadbirlarni ma'ruzalar shaklida taqdim qilmoqda. Xususan, Yaponiya, Kambodja, Vyetnam, Indoneziya, Iordaniya, Shri Lanka, Kot-d'Ivuar va Ruvanda vakillari qatorida delegatsiyamiz a'zolari ham iqlim o'zgarishini yumshatishga qaratilgan va tabiatga asoslangan yechimlari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilishib, o'zaro bilim va tajriba almashishdi.
Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati