Rasmiy munosabat
03.
02. 2023
19:00
4581
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali bo‘yida “TOSHKENT O‘RDASI” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi to’g’risida eʼlon qilingan xabar yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan holat joyida o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida “TOSHKENT   O‘RDASI” masʼuliyati cheklangan jamiyati  tomonidan Bo‘zsuv kanali bo‘yi qirg‘og‘ida to‘qqiz qavatli mehmonxona binosi qurish uchun  Toshkent shahar hokimining 2014-yil 14-mayda 406-sonli qarori qabul qilingani, bugungi kunda esa rejalashtirilgan ushbu binoning besh qavati qurilganligi ma’lum bo’ldi.

Toshkent shahar hokimining  2018-yil 13-iyuldagi “Toshkent shahar hududidan oqib o‘tuvchi kanal va kollektorlarning qirg‘oq bo‘yi mintaqalarini belgilash haqida”gi 1043-sonli qaroriga asosan, Bo‘zsuv kanalining qirg‘oq bo‘yi kengligi 15 metrni tashkil etishi belgilangan. 

Biroq, o‘rganish jarayonida ushbu qurilish binosi Bo‘zsuv kanali qirg‘oq bo‘yidan 10 metr masofada joylashganligi, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasidan ruxsatnoma hamda  davlat ekologik ekspertizasining  xulosasi olinmaganligi aniqlandi. 

Shu munosabat bilan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi tomonidan qurilish tashkilotiga qurilish ishlarini to’xtatish va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ogohlantirish berildi.

Shuningdek, qonun buzilishi yuzasidan to’plangan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish uchun tegishli sudga da’vo arizasi kiritish choralari ko’rilmoqda. 

Natijasi yuzasidan qo’shimcha ma’lumot beriladi.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Foydali manbalar