Bugun Tabiat resurslari vazirligida Ichki Ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-357-son qarori asosida ishga tushirlgan “Ekonazorat” axborot tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda “Ekonazorat” axborot tizimini Ichki ishlar vazirligining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi bilan oʻzaro integratsiya qilish, oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish va boshqa ustuvor vazifalar ijrosini hamkorlikda samarali tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda tomonlar tizim faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va mavjud muammolarni bartaraf etishda hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga kelishib olishdi.
Tabiat resusrlari vaziligi matbuot xizmati