ANOMAL SOVUQ SHAROITDA YURTIMIZ HAYVONOT DUNYOSINI SAQLAB QOLISHDA FOYDA BERADIGAN  TЕZKOR EKOLOGIK TADBIRLAR
10.
01. 2023
20:06
2416
Yangiliklar

- Qish mavsumining anomal sovuq kunlari yangi o`simlik va hayvonot dunyosiga ham jiddiy xavf solishi tayin.

- Qishning anomal sovuq kunlarida tog‘, tog‘oldi adir, cho‘l va to‘qaylar hamda suv havzalarida yashovchi hayvonot olami uchun ham xavfli. Baland tog‘li hududlarda yashaydigan hayvonot dunyosi, qushlar ayniqsa kakliklar aholi yashash hududlariga oziq-ovqat izlab tushib keladi.

- To‘qay va suv havzalarida yashaydigan suvda suzuvchi qushlar esa oziq-ovqat izlab suv havzasi muzlamagan ochiq tashlamalarga intiladi.
Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bu turdagi hayvonlarni asrab qolishda muhim hisoblanadi:

- Muzlagan suv havzalaridagi muzlarni bir necha joyidan imkon darajasida kattaroq teshib, suv ostidagi baliqlar va suvda suzuvchi qushlar oziqlanishi uchun tabiiy muhit yaratish talab etiladi. 

Tog‘li mintaqalarning qalin qor bilan qoplanishi natijasida hayvonlar uchun oziq-ovqat topish qiyinlashadi. Natijada hayvonlar aholi yashash punktlariga intiladi. Shu sababli tog‘oldi mintaqalarida, adirlik va cho‘l hududlarida yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqa, yem tashlash va ayrim hududlarda tuz uyumlari qo‘yish tavsiya etiladi.

- To‘qay hududlarida qalin qor yog’ishi natijasida ko‘p yillik o‘simlikka o‘rnatilgan qushlarning inlari buzilib ketadi. Shu sababli to‘qay, shahar va boshqa aholi yashash punktlarida yashovchi qushlar uchun daraxtlarga va qiyaliklarda sun’iy inlar o‘rnatish, ular uchun ozuqa birliklarini qo‘yish tavsiya etiladi.
   
- Ozuqa birliklarini imkon darajasida shamol, yomg‘ir hamda qor uyumlari tushmaydigan tabiiy qiyaliklar va qoyalar ostiga, sun’iy inlar va ozuqlantrish oxurlariga va ular uchun muhit bo‘lgan joylarga qo‘yish tavsiya etiladi.

- Shikastlangan va aziyat chekkan hayvonlar va qushlarni ko‘rsangiz, tezda hududiy tabiatni muhofaza qilish organlari murojaat qilish so‘raladi.

Foydali manbalar