“Yashil makon” loyihasi: OʻzMU tadqiqotchi talaba-yoshlarining ishtiroki
11.
03. 2022
10:17
4015
Yangiliklar

             Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan xayrli tashabbus amalga oshirildi, yaʼni universitetning Biologiya hamda Ekologiya fakultetlarining 36 nafar iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlari mamlakat miqyosida eʼlon qilingan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga oʻz hissalarini qoʻshish, shuningdek, hududda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumaniga ilmiy ekspeditsiya safari tashkil qilindi. 
             Xabaringiz boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021-yildagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi eʼlon qilingan edi. Loyiha mamlakatimizda daraxtzorlarni koʻpaytirishga qaratilgani bilan aahmiyatlidir.
   Oʻzbekiston Milliy universitetining ilmiy ekspeditsiyasiga Biologiya fakulteti dekani, professor Toʻxtasin Abduraxmonov hamda Ekologiya fakulteti dekani, dotsent Rustamjon Allaberdiyevlar rahbarlik qilishmoqda.

 

Foydali manbalar