Sirdaryo viloyati. Amaliy seminar o‘tkazildi
25.
02. 2022
10:15
12056
Tadbirlar

«Yashil makon» umummilliy dasturi doirasida ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etishga bag‘ishlab tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda viloyat Ekologiya boshqarmasining mutasaddilari, viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman hokimligi vakillari, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari, nuroniy otaxonlar, faol fermerlar hamda biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni Sirdaryo viloyat hokimi o‘rinbosari A. Hojimatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Davlat ekologiya qo‘mitasining Bioxilmaxillikni asrash raqamlashtirish va kadastrini yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Sodiqov so‘zga chiqib, ko‘chat ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, xudud iqlimiga mos, suvsizlikka chidamli daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish, va har bir ekilgan ko‘chatning egasi bo‘lishi va uning xatlovdan o‘tkazilishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.

Seminar yakunida nuroniy otaxonlardan duo olib ko‘chat ekish ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar