Samarqand viloyati. Ekologiya va yoshlar mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
21.
02. 2022
21:03
4053
Ma’naviyat va ma’rifat

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Jomboy tumani nazorat bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanning “Tut” MFYda joylashgan 7-umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida davlat inspektorlari Ona sayyoramiz mavzusiga to‘xtalib, Ona tabiat va Ona Yer sayyorasi bilan uyg‘unlikni ta’minlashi zarurligi to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar berib o‘tish bilan bir qatorda, “Yosh ekolog” aktsiyasini tashkil etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasiga oid qator ma’lumotlar ham berildi.

Shuningdek, o‘quvchi yoshlar tomonidan yo‘llangan sohaga oid savol va takliflar atroflicha o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarning joyida bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

 

Foydali manbalar