Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan mahallada yangi bog‘ bunyod etildi
11.
02. 2022
17:37
5041
Tadbirlar

Bugun 11 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi viloyatning Yuqori Chirchiq tumani «Qursoy» MFY hududida «Yashil yillik» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aktsiyasini tashkil etishdi.

Mazkur tadbir dastavval Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradovning mahalla oqsoqollari, faollari bilan suhbatdan boshlandi. Suhbat davomida Qo‘mitasi raisi ko‘kalamzorlashtirilayotgan hududning mahalla ahli tomonidan parvarish qilish, sug‘orish ishlarini tashkil qilish, ushbu hududni biriktirib berish, shuningdek, Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar xususan, ko‘chat ekish aktsiyalariga tashabbus ko‘rsatish, barchaning faol bo‘lishi kabi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Toshkent Botanika bog‘i ilmiy xodimi, dendrolog A. Xolmirzaeva ko‘chatlarni hududlarning iqlim sharoitiga xosligidan kelib chiqqan holda ekish, parvarish qilish masalalari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

O‘z navbatida mahalla oqsoqoli tomonidan minnatdorlik bildirilib, ko‘chat ekilayotgan hududni o‘rash bilan bog‘liq masalalarni hal etish bilan bog‘liq taklif ilgari surildi.

Suhbat davomida «Qursoy» MFY faollari bilan kelishgan holda ko‘chat ekilayotgan hududni G‘allachilik va chorvachilik klasteriga biriktirib berish hamda hududga mas’ul etib tuman «Toza hudud» korxonasi xodimi belgilandi.

So‘ng oqsoqollar duoga qo‘l ochib, yaxshi niyat bilan ko‘chat ekishdi.

«Qursoy» MFYda 90 sotixli maydonga 1000 tup mevali hamda 1200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bog‘ yaratildi.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar