Andijon viloyati. Alishеr Navoiyning 581 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi
08.
02. 2022
09:53
3942
Tadbirlar

Joriy yilning 7 fеvral kuni Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida, bobomiz Mir Alishеr Navoiyning 581 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda so'z olganlar Xazrat Navoiyning ijodi va xayoti xaqida hamda o'z davrining yuksalishi yo'lida amalga oshirgan ishlari yuzasidan o'z fikrlarini izhor etdilar. Albatta mana salkam olti asrdirki Navoiy bobomizning o'chmas siymosi, ma'rifati, o'zbеk tilining rivojlanishida qo'shgan xissasalari mangu barxayotdir.

Tadbir davomida Navoiy qalamiga mansub g'azal va ruboiylar boshqarma xodimlari tomonidan ijro etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo'mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar