BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv
31.
01. 2022
13:41
4527
Tadbirlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradovning BMT TD O‘zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda yangi tashabbuslar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Shu bilan birga mamlakatda ekologik muammolarni hal qilish uchun hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni boshlash yuzasidan brifing tashkil etildi. BMT TD tomonidan GEF ning to‘rt yillik investitsion tsikli doirasida hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish uchun davlat va xususiy sektor resurslarini umumiy maqsad sari jalb etish uchun moliyalashtirish mexanizmini yaratish bilan bog‘liq takliflar ilgari surildi.

Shu bilan birga tomonlar bugungi kunda muvafaqqiyatli amalga oshirilayotgan, xususan, Davlat ekologiya qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda GEF «O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali gidroxlorftoruglerodni butunlay iste’moldan chiqarish», «Biologik xilma-xillikning global turlari uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘ hududlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish», Bioxilmaxillikni moliyalashtirish siyosati va institutsional sharhi» qo‘shma loyihalari xususida fikr almashdilar.

Shu bilan birga joriy yilda boshlanayotgan «Orolbo‘yi botqoq, ko‘l va pasttekisli ekotizimlarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish» loyihasi 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilib, xususiy sektor va mahalliy hamjamiyatni jalb qilgan holda yer usti, botqoqli va qirg‘oq ekotizimlarini kompleks boshqarish orqali Orol dengizi havzasidagi landshaftlar va barqaror hayot muhitining barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv doirasida Global isish salohiyati past va ozonni yemirish qobiliyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali gidroxlorftoruglerodni butunlay iste’moldan chiqarish bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur uchrashuv doirasida BMT TD O‘zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska Markaziy dispetcherlik xizmati va onlayn nazorat kuzatuv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimizda hududlarning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, aholiga sifatli sanitariya xizmatlarini ko‘rsatish sohasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga shahar, qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketishda aholi tomonidan bildirilayotgan e’tirozlar, xususan, ba’zi vaqtlarda chiqindilarni olib chiqib ketuvchi maxsus texnikalarning vaqtida yohud umuman kelmasligi bilan bog‘liq masalalarga chek qo‘yish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasida chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) ishga tushgan bo‘lib, ayni damda uni yanada rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar