Vayoming universiteti bilan hamkorlik
26.
01. 2022
18:43
4059
Xalqaro hamkorlik

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov boshchiligida AQShning Vayoming universiteti global hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Xelfgott boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida xorijiy tomonga O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilmaxillikni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil tiklanish va iqlim harakatlari sohasida olib borilayotgan izchil ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Universitetning Xab nomidagi Atrof-muhit va tabiiy resurslar maktabi bilan o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ularni samarali boshqarish va ekologik turizmni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

Shunigdek, Vayoming shtati va O‘zbekiston Respublikasi milliy tabiiy bog‘lari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilib, mutaxassislar almashinuv dasturlarini tashkil etish, tabiiy bog‘larni barqaror boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Shu bilan birga, ikki davlatning yosh ekolog olimlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlar olib borish orqali kelajakda atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida xalqaro ilmiy hamkorlik uchun zamin yaratishga urg‘u berildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar