Qo‘mita ishchi guruhi Andijonda
17.
01. 2022
17:41
4273
Yangiliklar

Andijonda daraxtlarning noqonuniy kesilish holatini atroflicha o‘rganish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ishchi guruhi 16 yanvar kuni voqea joyiga yetib bordi.

Avval xabar qilinganidek, viloyat Perinatal markazi hududida yangi barpo etilayotgan ob’ekt oldidagi 12 tup eldor qarag‘ayi daraxti amaldagi moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan bir paytda noqonuniy ravishda kesilgan.

Qo‘mita ishchi guruhi yuz bergan holatni yana bir bor chuqur o‘rganib, qonunda belgilangan tartibdagi barcha amallarni, ya’ni surishtiruv, hisob-kitob va o‘lchov ishlarini amalga oshirdi.

Holatga guvoh bo‘lgan shaxslar va bevosita huquqbuzarlikga aloqador ma’sul xodimlardan tushuntirish xatlari olindi.

Qo‘shimcha ravishda mutaxassislar tomonidan shu atrofda o‘sib turgan 145 tup daraxt to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan alohida muhofazaga olindi va har bir daraxtga yorliq biriktirildi.

Perinatal markazi rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi «Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori talabiga ko‘ra, mazkur markaz egaligida bo‘lgan bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) yer uchastkalarini obodonlashtirish, mavjud daraxtlar va butalarni parvarish qilish hamda sug‘orish ishlarini amalga oshiriish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma kiritildi.

Sodir etilgan holat bo‘yicha ekologiya inspektorlari tomonidan to‘plangan barcha hujjatlar Andijon viloyati prokuraturasiga taqdim etildi.

Andijon viloyati

Andijon viloyati

Andijon viloyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar