Jizzax viloyati. Ta’limga vatanparvarlik va tabiatga muhabbat ruhi singdirilsa
13.
01. 2022
19:07
4083
Ma’naviyat va ma’rifat

Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yoshlarda vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish an’anaga aylanib bormoqda. Yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali o‘tkazish, o‘quv muassasalarida Vatanga muhabbat ruhidagi turli tadbirlar o‘tkazish ham vatanparvarlik tizimiga kiradi. Chunki Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yoshning orzusi va burchiga aylanishi lozim.

Shu maqsadda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Forish tuman inspektsiyasi inspektorlari tumandagi 2- sonli "Binafsha" nomli maktabgacha ta’lim muassasida bo‘lib, yoshlarni Ona-Vatan va Ona-tabiatga muhabbatli va ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini shakllantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Tarbiya maskanida bo‘lib o‘tgan tadbirda tarbiyachilar ham maxsus kiyimlarda karantin qoidalariga amal qilgan holda turli mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.

Davlat inspektorlari esa yosh avlodning yurtsevar, komil va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishi, ularning ongida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borish Vatanimizni qudratli davlatga aylantirish haqida suhbatlar uyushtirishdi. Zero, Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini his etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar