Vatanimga tayanchman
13.
01. 2022
18:44
3521
Yangiliklar

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulug‘vor ishga o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib, har yili «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» katta bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi.

13-yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida mazkur kun doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda «VATANIMGA TAYaNChMAN» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, 1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan «14 yanvar’ — Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi.

Albatta, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari bo‘lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Armiya va xalq – bir tanu bir jon!» degan olijanob g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda. Bu esa Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanib borayotganidan yaqqol dalolat beradi» deb aytgan gaplarida ham Qurolli Kuchlarimizning xalq bilan har qachongidan ham yaqinligini anglashimiz mumkin.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda dunyoning turli joylarida keskin tus olayotgan vaziyatda, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavf-xatarlari barchamizni ogoh bo‘lishga chaqiradi va Qurolli kuchlarimizdan esa yuqori darajadagi jangovar qobiliyatni mustahkamlashni talab etadi. So‘nggi yillarda davlatimizda harbiy-siyosiy masalalarda ham tubdan islohotlar amalga oshirilib, milliy armiyamiz har qanday tahdidlarga munosib zarba beradigan jangovor qudrati yildan yilga oshib bormoqda.

Shu bilan birga so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda xalqimiz osoyishtaligini, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, bu borada Davlat ekologiya qo‘mitasi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, Mudofaa vazirligi, FVV, IIV, Milliy gvardiya bilan hamkorlikni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish, ogoh bo‘lish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar