Ko‘chalardagi chiqindilardan tortib, to mukammal saralashgacha: Chiqindilarga qarshi kurashda xalqaro tajriba. FRANTSIYA
11.
01. 2022
14:40
5351
Ekanadzor

Frantsiya

Mamlakatda anchadan buyon chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi mavjud. Chiqindi qutilari turli rangdagi kopqoqlar bilan belgilangan. Oq qopqoqli quti shisha uchun, sariq rangdagisi qayta ishlanadigan chiqindilar uchun mo‘ljallangan. Chiqindini olib chiqib ketuvchi tashkilot xodimlari ushbu konteyner ichidagi chiqindi tarkibini ko‘ra olishlari uchun aholi mazkur konteynerga tashlanadigan chiqindini ochiq holda to‘kib tashlashi kerak. Aks holda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘sha konteynerdagi chiqindini olib chiqib ketmaydi. O‘z navbatida mas’uliyatsiz fuqaroni qo‘shnilar bilan kelishishdek jiddiy javobgarligi bo‘ladi. Negaki uning kasriga qolgan boshqa qo‘shnilarning chiqindisi olib chiqib ketilmaydi. Jigarrang qopqoqli rangdagi konteynerga yoqishga yoki chiqindi poligoniga yuborishga mo‘ljallangan qolgan barcha chiqindilar tashlanadi. Farmatsevtika mahsulotlarini, masalan, eski dorilar va ularning o‘ramlari, termometr va boshqalar qayta ishlanadigan chiqindilarga yoki chiqindi poligonlariga tashlanmasligi uchun ularni hoxlagan dorixonaga topshirish mumkin.

Ayrim hududlarda konteynerlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin. Plastik mahsulotlar, qog‘oz-karton va daraxtlar uchun alohida konteynerlar ham qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda butunboshli plastikni to‘liq qayta ishlash mumkin emas.

Parijdagi qayta ishlanadigan chiqindilar va yondirilishi yoki ko‘milishi kerak bo‘lgan konteynerlar. TASS muxbiri bilan suhbatlashgan Frantsiya poytaxti aholisi ko‘pincha u yoki bu qadoqlar qayta ishlanayotganini aniq ayta olmasligini tan oldi.

Nostandat chiqindilar uchun maxsus qabul punktlari mavjud bo‘lib, ularni aholining o‘zi olib borishi zarur. Bunday punktlarning soni 4,5 ming ta atrofida. Bunday turdagi chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash uchun jarimalar xavfi bor.

Frantsiya uchun chiqindilar muammosi nafaqat ekologik, balki siyosiy tusga ega muammo hisoblanadi. Yevropa ittifoqida ekologiyani muhofaza qilish sohasidagi asosiy chaqiriq plastmassani qayta ishlash hisoblanadi. Yevropa ittifoqi 2018 yilning may oyida qoidalarni yangiladi. Yangilangan qoidalarga muvofiq zaxarli plastmassani muqobil materiallarga almashtirish zarur. Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, Frantsiya bu borada qo‘shni mamlakatlarga nisbatan pastroq. Frantsiya ishlab chiqariladigan plastmassaning 25 foiziga yaqinini qayta ishlaydi. Bu esa Germaniya hamda Niderlandlarga nisbatan ikki baravar kamdir. Ammo hukumat mahalliy supermarketlarda bir martalik plastik paketlardan foydalanishni taqiqladi. Negaki, Frantsiya 2025 yilga qadar butun hududi bo‘ylab faqat qayta ishlangan plastmassadan foydalanish bilan bog‘liq majburiyatini bajarishi kerak.

Mamlakatda chiqindilarni qayta ishlash bilan 300 ta maxsus korxona shug‘ullanadi. Ular har yili 2,3 mln tonna ikkilamchi xom ashyoni ishlab chiqaradi. Qayta ishlab chiqarishning umumiy hajmi 42 foizni tashkil etadi. 1975 yilda maishiy chiqindilarni qayta ishlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan vaqtdan boshlab mamlakatda chiqindi poligonlarining soni 6 mingdan 230 taga, chiqindilarni yoqadigan korxonalar soni esa 300 tadan 128 taga qisqardi.

Shu bilan birga Frantsiyada so‘nggi yillarda iste’mol qilishning ijtimoiy mas’uliyat kontseptsiyasi ommalashib bormoqda. Mazkur kontseptsiya 4 ta tamoyilga asoslanadi: demokratiya, jamiyat uchun foydalilik, aralash resurslar va ulardan birgalikda foydalanish. Masalan Parijda ushbu yondoshuv - amaliyotda turli mahsulotlarni yig‘ish, ta’mirlash va qayta realizatsiya qilish bo‘yicha 15 ta markazning ochilishida namoyon bo‘ldi. Ushbu markazlar toifalar bo‘yicha bo‘lingan. Xususan, tekstil, karton, sporttovarlar, o‘yinchoqlar, maishiy texnika va boshqalar.

Eski maishiy texnikalarni yig‘ish va ta’mirlash bilan shug‘ullanadigan frantsuz kompaniyasining ish jarayoni.

Butun boshli chiqindilarni qayta ishlash va ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatib bo‘lmaydi. Shu sababli hozirgi kunda Frantsiyada qayta ishlanmaydigan chiqindilarni yoqish uchun 130 ga yaqin zavodlar mavjud. O‘z o‘rnida yoqishda hosil bo‘lgan kul yo‘l qurilishida, jarayonda hosil bo‘ladigan issiqlik esa yaqin orada joylashgan uylarni issiqlik bilan ta’minlashda foydalaniladi. Ayrim korxonalar yer ostida joylashgan bo‘lib, ular tutun, badbo‘y xid tarqatmaydigan texnologiyalardan foydalanidilar Jahonning boshqa mamlakatlari kabi Frantsiyada ham chiqindilarning asosiy katta qismi yirik korporatsiyalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Hukumat biznes-tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish maqsadida yirik miqdordagi jarimalar hamda mas’uliyatli korxonalar uchun imtiyozlar ko‘rinishida rag‘batlantirish mexanizmini ko‘zda tutuvchi tizimni yo‘lga qo‘ygan.

Chiqindilar bilan bog‘liq qoidalarni buzganlik uchun jarimalar jismoniy shaxslar uchun ham belgilangan – €35. Yo‘l yuzida qoldirilgan chiqindilar uchun jarima miqdori €70 ni tashkil etadi. Ammo bu jarima miqdori mamlakatning turli shaharlarida turlicha bo‘ladi. Shu bilan birga masalan u yoki bu dalalarda qoldirib ketilgan eski divan uchun €150 jarima to‘lanishi hamda avtomashina konfiskatsiya qilinishi mumkin. Yirik hajmdagi mebel yoki texnikani to‘g‘ri utilizatsiya qilish uchun munitsipal xizmatga murojaat qilish mumkin. Ular esa uni maxsus transport yordamida olib chiqib ketadi.

Bundan tashqari Frantsiya o‘zining chiqindilari bilan kurashish barobarida shveytsar “chiqindi turizmi” bilan ham kurashishga to‘g‘ri kelmoqda. Gap shundaki Shveytsariyaning chegaraga yaqin tumanlaridagi aholi ikki baravar miqdordagi soliqning mavjudligi sababli ular o‘z chiqindilarini frantsuz hududiga olib borib tashlaydilar.

 

Manba: https://tass.ru/spec/mirovoi_musor

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar