Tabiatga xiyonat kechirilmaydi. Ogoh bo‘ling biz tunda ham reyddamiz. Tungi soat 01:30
11.
01. 2022
09:51
4380
Ekanadzor

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Otchopar mahallasi hududida yovuz niyatli tabiat kushandalari tomonidan bir necha archa daraxtlari qonunga xilof ravishda qasddan kesib ketganligi yuzasidan ma’lumot bergan edik. Davlat Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov boshchiligida hamda Toshkent shahar boshqarmasi rahbariyati hamkorligida maxsus ishchi guruhi tomonidan tungi navbatchilik reyd o‘tkazildi. Har bir nihol davlat muhofazasida ekanligi, tabiatga nisbatan vahshiylarcha munosabatda bo‘layotganlar qonun oldida javob berishi muqarrarligi ta’kidlandi. Poytaxtimizning har bir hududi tunu-kun ekologlarning qat’iy nazorati ostiga olingan bo‘lib, qonun ustuvorligi so‘zsiz ta’minlanishi borasida ishchi guruh tomonidan yana bir bor fikr yuritildi.

Binobarin tabiat barchamizniki, uning ne’matlarini asrashga birdek mas’ulmiz. Ogoh bo‘ling biz tunda ham reyddamiz.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar