Ko‘chalardagi chiqindilardan tortib, to mukammal saralashgacha: Chiqindilarga qarshi kurashda xalqaro tajriba. GERMANIYA
10.
01. 2022
11:05
6586
Ekanadzor

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, insoniyat har yili 2 mlrd tonnadan ortiq qattiq maishiy chiqindilarni hosil qilar ekan. 2050 yilga borib bu raqam 3,4 mlrd tonnagacha ortishi mumkin.

Bugungi kunga kelib qator mamlakatlar qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash tizimi bilan bog‘liq muammolarni turlicha hal etadilar. Masalan Yaponiya aholisi mustaqil ravishda chiqindilarni 10 dan ortiq toifalarga ajratib saralaydi, Hindiston aholisi esa yaqindan ularni ko‘chalarga tashlamaslikni o‘rgansalar, Italiya shaharlari esa xali-xanuz chiqindilar uyumi ichida qolmoqda.

TASS agentligining xalqaro muhbirlari chiqindi va chiqindi poligonlari bilan kurashish bo‘yicha xalqaro tajriba bilan tanishib chiqdilar.

GERMANIYА – Ushbu mamlakat chiqindilar bilan kurashish bo‘yicha eng muvafaqqiyatli yevropa namunalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisi 1980 yilning oxiridan chiqindilarni saralab yig‘ishni boshlab, bugungi kunga kelib esa Germaniyada chiqindilarni chuqur saralash tizimi vujudga kelgan.

Shunday qilib har bir uy oldidagi maydonchada minimum uchta konteyner bo‘lishi kerak – oziq-ovqat uchun, plastika, paketlar va o‘ramlar uchun hamda qog‘oz va karton uchun. Turli shishali idishlar esa ko‘chalardagi alohida baklarga tashlanadi.

Berlindagi shisha idishlar uchun metall qutilar - turli xil rangdagi shisha uchun turli xil idishlar.

Suyuqlikdan bo‘shagan idishlarni esa har bir do‘kon tarmoqlarida o‘rnatilgan maxsus fandomatlarga topshirish mumkin. O‘z o‘rnida idishlar yoki bankalar narxi har bir ichimlik tannarxiga qo‘shilgan bo‘ladi. Idishlarni topshirib esa o‘sha pulni qaytarish mumkin. Agar ichimlikdan bo‘shagan idishlarni topshirishni istamasangiz, ichimlik tannarxiga qo‘yilgan pulni qaytarib ololmaysiz. Shu tariqa davlat o‘z aholisini atrof-muhitni zararli plastika yoki bankalar bilan ifloslantirmaslik ko‘nikmalarini shakllantirdi. Yirik hajmdagi chiqindi, masalan mebel chiqindi poligoniga fuqaroning o‘zi tomonidan yoki yuklovchilar yordamida olib boriladi, kiyim-boshlarni esa xayriya tashkilotlari qabul qiladi. Batareykalar esa do‘konlarda joylashtirilgan maxsus idishlarga topshiriladi.

O‘z navbatida aholi chiqindilarni o‘z uyida qay tariqa saralashi – bu uning shaxsiy ishi, asosiysi, ularni jamoat joyidagi konteynerlarga to‘g‘ri saralab joylashtirish hisoblanadi. Mazkur me’yorlarni buzganlik uchun jarimalar barcha federal yerlarda bir-biridan farq qiladi, masalan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun €30 dan €75 gacha jarima to‘lash mumkin. Bak oldida qoldirilgan shkaf yoki muzlatgich uchun esa €50–2500 gacha jarimaga tushish mumkin. Agar huquqbuzarni topish imkoni bo‘lmasa, jarima o‘sha hudud boshqaruvchisi tomonidan pod’ezdagi barcha xonadon egalariga teng taqsimlab beriladi.

Berlinning Kreuzberg tumanida chiqindilarni utilizatsiya qilish jarayoni.

Chiqindilarni olib chiqib ketish uchun to‘lovlarni har bir uy xo‘jaligi to‘laydi. To‘lovlar narxi yashash joy, xonadonlar soni, pod’ezd oldida o‘rnatilgan konteynerlar soniga qarab keskin farq qilishi mumkin. Boshqaruvchi kompaniya mazkur omillarni hisobga olgan chiqindilar uchun to‘lovlar tarifini belgilaydi. Yirik shaharlar uchun bu to‘lov o‘rtacha yiliga €150–300 ni tashkil etishi mumkin.

Konteynerlar alohida joylarda joylashgan bo‘ladi – bino yerto‘lalarida, yohud bino atrofida kalit bilan qulflanadigan joyda. Har bir uy yoki pod’ezd oldida o‘zining konteynerlari joylashgan bo‘ladi. Bu esa Germaniyada qo‘shni xonadon konteyneriga chiqindi tashlash mumkin emas degani.

Berlindagi zavodda eski kompyuterlardan chiqqan elektron platalarni qayta ishlash jarayoni. Ulardan temir, alyuminiy, mis, nikel, shuningdek oltin, palladiy va tantal kabi metallar olinadi.

Mamlakatda har yili o‘rtacha 41 mln tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra mazkur chiqindilarning 60 foizidan 80 foizi qayta ishlashga yoki chiqindilarni yoqish korxonalariga elektr energiya olish uchun, qolgani esa, chiqindi poligoniga yuboriladi. Germaniya sanoati foydalanidagan barcha xom ashyoning deyarli 15 foizi qayta ishlangan chiqindidan olinadi. Germaniyada chiqindilarni qayta ishlash sanoati manfaatli biznes ham ekan. 2017 yilda chiqindilarni qayta ishlash tarmog‘ining aylanmasi taxminan €70 mlrdni tashkil etdi, o‘z navbatida bu sohada 250 mingdan ortiq kishi ishladi.

Germaniyada chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimining takomillashganiga qaramasdan, bu sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolar ochiq qolmoqda. Ushbu muammolar asosan zamonaviy nooqilona iste’mol madaniyati bilan bog‘liqdir.

Manba: https://tass.ru/spec/mirovoi_musor

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar