O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili, favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
08.
01. 2022
22:21
4189
Yangiliklar

2022 yil 8 yanvar kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradovning O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili, favqulodda va muxtor elchi B. Ibragimov bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida bildirgan BMT Atrof-muhit dasturining yuqori darajadagi yig‘ilishlari, Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya tomonlarining yig‘ilishlaridan birini kelgusida O‘zbekistonda o‘tkazilishi va Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish tashabbuslarini amalda tadbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan masalalar to‘g‘risida fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik nazorat, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish borasidagi yangi siyosatini BMT tashkilotlari hamda xorijiy davlatlarning BMTdagi doimiy vakolatxonalari orasida keng targ‘ib qilish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga jalb etish masalalari ko‘tarildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov bu boradagi ustuvor yo‘nalishlarni va vazifalarni ma’lum qildi.

O‘z navbatida, B. Ibragimov tomonidan BMT tashkilotlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning barcha yo‘nalishlarida loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha qiziqish katta ekanligini bildirib, bu borada Doimiy vakolatxona tomonidan zarur ko‘mak berilishiga tayyor ekanligi ma’lum qilindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar