O‘zbekiston Respublikasining Frantsiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
08.
01. 2022
10:48
4499
Xalqaro hamkorlik

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradovning O‘zbekiston Respublikasining Frantsiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustambaev bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning bir qator yo‘nalishlari, jumladan bioxilma-xillik, «yashil» iqtisodiyot, shaharlarda yashil hududlarni yaratish, atmosfera va suv sifatini nazorat qilish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, soha mutaxassislarini salohiyatini oshirish, Orol dengizi inqirozining salbiy oqibatlarini kamaytirish sohalarida Frantsiya tomoni bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarni muhokama qilindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomurodov bu boradagi ustuvor yo‘nalishlarni va vazifalarni ta’kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, S. Rustambaev tomonidan Frantsiyaning tegishli markazlar va tashkilotlarning O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning barcha yo‘nalishlarida loyiha va dasturlar amalga oshirish bo‘yicha qiziqishi katta ekanligi va bu borada Elchixona tomonidan zarur ko‘mak berilshini ta’kidlab o‘tdi.

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Frantsiyaning ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy doiralari bilan hamkorligini o‘rnatish hamda Frantsiyaning yosh ilmiy tadqiqotchilarini jalb qilgan holda dala tadqiqotlari va qo‘shma ilmiy ishlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda chora-tadbirlar olib borishga kelishildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar