Ruxsat etilmagan joydan qum-shag‘al tashiyotganlar ma’muriy jarimaga tortildi
12.
08. 2019
09:04
6520
Yangiliklar

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan G‘allaorol tumani «Qashqabuloq» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sangzor» daryosi o‘zanidan fuqaro Abduvahobov Sarvar Saxobjon o‘g‘li  tomonidan qum-shag‘alni qazib olib o‘zi boshqaruvidagi «ZIL» rusumli avtotransport vositasiga ortganlik holati aniqlandi.   Joriy yilning 19 aprel kuni ushbu fuqaroga nisbatan ham MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha 82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 baravari, ya’ni 2 mln. 27 ming 300 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari,  G‘allaorol tumani «Oqtom» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sangzor» daryosi o‘zanidan fuqaro Ibodullaev Aziz G‘oziboevich  tomonidan qum-shag‘al qazib olinib o‘zi boshqaruvidagi «ZIL» rusumli avtotransport vositasiga ortganlik holati  bo‘yicha joriy yilning 3 may kuni  ushbu fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha 82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 baravari, ya’ni 2 mln. 27 ming 300 so‘m miqdorida, Jizzax shahar A.Temur MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Sangzor» daryosi o‘zanidan fuqaro Xo‘janov G‘olib Asatulla o‘g‘li  tomonidan qum-shag‘al qazib olinib o‘z boshqaruvidagi «ZIL» rusumli avtotransport vositasiga ortganlik holati aniqlanib, shu yil 12 iyun kuni ushbu fuqaroga nisbatan ham MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha 82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 baravari, ya’ni 2 mln. 27 ming 300 so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, Idoralararo guruhlar tomonidan Qaror chiqqandan buyon «Sangzor» daryosi o‘zani va viloyatimizning boshqa ochiq suv ob’ektlaridan 25.09.2017 yildan 07.08.2019 yil oralig‘ida 263 ta holatda noqonuniy ravishda noruda foydali qazilmalarni qazib olish holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi  1-qismi, 70-moddasi  4-qismi, 82-moddasi 2-qismi va 82-moddasi 3-qismlariga asosan noruda foydali qazilma bo‘lgan qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish holati yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan  jami 263 nafar shaxslarga jami 239 mln. 487 ming 940 so‘m, shundan 25.09.2017 yildan 31.12.2017 yil oralig‘ida 41 nafar shaxslarga nisbatan jami 8 mln. 561 ming so‘m va 01.01.2018 yildan 30.12.2018 yilgacha jami 90 nafar shaxslarga jami 108 mln. 072 ming 560 so‘m hamda 01.01.2019 yildan 07.08.2019 yilgacha jami 55 nafar shaxslarga jami 122 mln.854 ming 380 so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

 

Foydali manbalar