Kim rag‘batlantirildi va kimga chora ko‘rildi?
30.
12. 2021
16:16
3683
Yangiliklar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari I. Boqijonov boshqargan majlisda joriy yildagi faoliyatning dastlabki sarhisobi erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar misolida ko‘rib chiqildi. Ijobiy natijalar e’tirof etilib, nuqsonlar tanqid qilindi.

Xususan, keyingi paytda ish jarayonida burilish yasab, o‘zining faqat yaxshi tomonlarini namoyon etgani uchun Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q. Mirahmedov, Buxoro viloyati "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK direktori Mahmud G‘ulomovga nisbatan oldin qo‘llanilgan “Hayfsan” intizomiy choralari muddatidan avval bekor qilindi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazifalariga sovuqqonlik bilan yondoshib, turli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun respublika "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DUK direktori o‘rinbosari S. Yuldashev va ushbu markazning yana 12 nafar xodimiga mehnat qonunchiligiga muvofiq “Hayfsan” e’lon qilindi. Ularning biri direktor maslahatchisi, 3 nafari bo‘lim boshlig‘i, 6 nafari bosh mutaxassis va yana 2 nafari yetakchi ekspert sanaladi. Shuningdek, markaz direktori qattiq ogohlantirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar