Tayinlov. Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
30.
12. 2021
13:26
3499
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 29 dekabrdagi buyrug‘i bilan Karabaev Askar Jaloldinovich Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Karabaev Askar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PQ-5843-son qaroriga muvofiq, Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi bilan o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

Karabaev Askar 1989 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini Iqtisodchi - ekolog yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Bugungi kunga qadar u "Osiyo infratuzilma Insvestitsiyalar banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhi"da ekologiya va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mutaxassis lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar