Hududiy boshqarmalar planshetlar bilan ta’minlandi
14.
12. 2021
12:54
4059
Tadbirlar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tizim faoliyatini raqamlashtirish, hududiy boshqarmalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash orqali ularning ishini tobora qulaylashtirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, qo‘mita raisining o‘rinbosari Islombek Boqijonov tashabbusi bilan 14 ta hududning barchasiga Samsung Tab S7 rusumidagi zamonaviy planshetlarning olib berilishi fikrimiz dalilidir.

Onlayn tarzda tezkor harakat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirgan mazkur innovatsion jihozlar hududiy boshqarmalar boshliqlariga tantanali ravishda topshirildi. Endi ular viloyatning qaerida reydda bo‘lishidan qat’iy nazar yo‘l bo‘yi ijroga qaratilgan hujjatlar bilan tanishishi va elektron imzo qo‘yishi mumkin. Avvalgidek boshliq kelguncha “pochta”ning taxlam-taxlam qog‘ozlarda kutib turishi va unga rahbarning soatlab vaqt sarflashi ham barham topadi. Inspektorlarni brakonerlikning oldini olish tadbirlariga zudlikda yuborish va ta’sirchan choralar ko‘rish haqidagi buyruqlarni ham ana shu planshetlardan foydalangan holda berilishi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar