Korruptsiya - jamiyat kushandasi
09.
12. 2021
10:23
3396
Ma’naviyat va ma’rifat

Samarqand viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasida «Korruptsiyaga qarshi kurashish asosiy maqsadimizdir» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Otabek Nabiev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi Orif Pardaev hamda sudyasi Zarifa Ahmedova ishtirok etib, viloyat ekologiya boshqarmasi jamoasiga qonun mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tishdi.

Ya’ni, ayrim qonunlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor bo‘lishi, milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biri ekanligi,

qonunda unga qanday ta’rif berilganligi, ya’ni, «korruptsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish» ligi,

qonunda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tishdi

Samarkandnews.uz

Manba: http://www.samarkandnews.uz/post/7979

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar