Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi Tashrif markazining ochilishi
07.
12. 2021
22:00
3943
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi BMT Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikdagi «Biologik xilma-xillikning global turlari uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘ hududlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish» loyihasi doirasida 2021 yil 7 dekabr kuni Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi Tashrif markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ochilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Ta’kidlab o‘tilganidek, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi ma’muriy binosi 1976-1979 yillarda qurilgan bo‘lib, o‘shandan buyon tashrif markazining qayta qurilishi amalga oshirilmagan. Davlat ekologiya qo‘mitasi/BMTTD tog‘ bioxilma-xilligini asrash loyihasi bilan birgalikda aholi ayniqsa, ulg‘ayib kkelayotgan yosh avlodning ekologik bilimi, madaniyatini oshirish maqsadida qaytadan ta’mirlandi.

Tashrif markazi bir necha zaldan iborat. Foyeda ikkita hudud: Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati qo‘riqxona hududining maketi joylashgan. Bu uchastkalar YuNESKO Butunjahon merosi maqomiga ega va Butunjahon biosfera rezervatlari tarmog‘iga kiritilgan.

Ikkinchi zal eng noyob va kam o‘rganilgan hayvonot turi – ilvirsga bag‘ishlangan. Bu yerda ilvirs mulyaji va ushbu yirtqichning biologik xususiyatlari hamda xatti-harakatlari tavsiflangan stend taqdim etilgan. Zalga tashrif buyurganlar ilvirsning tarqalishi xaritasi bilan, ushbu tur populyatsiyasining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatadigan inson tomonidan tahdidlar bilan tanishishlari mumkin. Keyingi zalga olib boruvchi dahlizda qo‘riqxona chegaralarining oynavand chizmasi va ushbu hududda yashaydigan turli hayvonlarning panja izlari qo‘yilgan. Bu yerda yana qo‘riqxona haqida qo‘shimcha axborot olish imkonini beruvchi QR-kodli virtual flayer ham joylashgan.

Keyingi zalda qadimda inson yashagan hududlar tarixi ochib berilgan. Bu yerda petrogliflar fotosuratlari, qazish davrida topilgan qadimgi asbob-anjomlar, turli davrlarga oid kulolchilik buyumlari taqdim etilgan. Majlislar zalida YuNESKO butunjahon tarmog‘iga kiritilgan biosfera rezervatlari xaritasi, shuningdek Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi axborotli stend va ushbu tabiatni muhofaza qilish hududining xalqaro maqomi haqida hikoya qiluvchi stend joylashtirilgan.

Shuningdek, tashrif markazi ochilishida Xalqaro ilvirs kuniga bag‘ishlangan va 2021 yil sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilgan ijodiy tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar