Diqqat e’lon! Tender
01.
12. 2021
19:54
4013
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi tasdiqlash to‘g‘risida» 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-sonli Farmoni 2-ilovasi 25-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2019 yil 5 sentyabrdagi 737-son qarori 2-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2021 yil 3 iyundagi 343-son qarori 2-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan «Atrof muhitga ta’sir havfi yuqori bo‘lgan «Yangi Angren IES» AJ va «Olmaliq Tog‘-Metallurgiya Kombinati» AJ mis eritish zavodining ifloslantiruvchi manbalariga namuna olish va tahlil qilish bo‘yicha bittadan avtomatik stantsiyasini o‘rnatish» masalasi yuzasidan tender e’lon qiladi.

Shu sababli, ifloslantiruvchi manbalardan namunalar olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomat stantsiyani yetkazib berish va uni o‘rnatish yuzasidan tegishli tadbirkorlik sub’ektlari o‘z takliflarini taqdim etishlari so‘raladi. To‘lovlar shartnomaga muvofiq kafolatlanadi.

Murojat uchun telefonlar: 
mob. tel.: (+998) 93 580-48-82 – U. Sobirov
El.pochta: u.sobirov@uznature.uz
Veb sahifa: http://eco.gov.uz/

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar