Matbuot anjumani. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
12.
11. 2021
18:48
6094
Tadbirlar

AOKAda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumani «Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusiga bag‘ishlandi.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish yuklatilgan boshqaruv idoralari - maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi va ular quyidagilardan iborat.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi manbalari monitoringi, shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi bo‘yicha;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi - atmosfera havosi ifloslanishi, yer usti (tabiiy suv oqimlari) suvlar, tuproq ifloslanishi va fon monitoringi bo‘yicha;

Suv xo‘jaligi vazirligi - asosiy kollektorlarning, kollektor-drenaj va meliorativ quduqlar suvlarining sifat tarkibi monitoringi bo‘yicha;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi - qishloq xo‘jaligi yerlarining ifloslanishi, shuningdek, tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringi bo‘yicha;

Sog‘liqni saqlash vazirligi - atrof tabiiy muhitning sanitariya-gigienik monitoringi bo‘yicha;

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - yer osti suvlari ifloslanishi va xavfli geologik jarayonlar monitoringi bo‘yicha;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi - o‘rmon fondi yerlaridagi, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidagi boshqa ob’ektlardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida so‘ngi 5 yil ichida atrof-muhit ifloslantiruvchi manbalar monitoringi Dasturi doirasida jami sub’ektlar soni 452 tadan 548 taga (+96 taga yoki 121,2%), ob’ektlar soni 293 tadan 620 taga (+327 taga yoki 211,6%),), ifloslantiruvchi manbalar soni 2 815 tadan 5 839 taga (+3024 taga yoki 207,4%), oshirilishiga erishildi (shundan: oqova hamda yer usti suvlari bo‘yicha 199 ta, sanoat korxonalarning atmosfera havosi ifloslanish manbalari bo‘yicha 293 ta hamda 128 ta tuproq ifloslanish manbalarida).

Jumladan, 5,839 mingta manbalarda 22,6 mingta tahlillar o‘tkazilib, 167 ta (27%) korxonalarning 539 ta manbalarida me’yordan ortiq holatlar aniqlandi va uni bartaraf etish choralari ko‘rilib, atrof-muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar o‘tgan 5 yilda ya’ni, 2016-2020 yillarda o‘rtacha yillik 2554,0 ming tonnadan (shundan, 898,2 ming tonnasi ya’ni, 39 % - sanoat korxonalariga, 1400,8 ming tonna 61% qo‘zg‘aluvchan manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi) 255,0 ming tonnaga yoki 10%ga kamayib 2299,0 ming tonnani (shundan, 109,8 ming tonnasi yoki 43 % - sanoat korxonalariga, 145,2 ming tonnasi 57% qo‘zg‘aluvchan manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi) tashkil etdi.

Bu ko‘rsatgich 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan jami 255,0 ming tonnaga, jumladan, qo‘zg‘almas manbalarda – 109,8 ming tonnaga yoki 10,7%ga va qo‘zg‘aluvchan manbalarda – 145,2 ming tonnaga yoki 9,3% ga kamaygan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»ning 251-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Respublika atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning ekologik holatini baholash, salbiy jarayonlarning oqibatlarini prognoz qilish bartaraf etish maqsadida atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik komponentlarining holatini, ularning ifloslanish va antropogen faoliyatning boshqa zararli ta’sirlari (jarayonlari) tufayli o‘zgarishini hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tasdiqlangan dastur bo‘yicha muntazam kuzatish tizimini izchil davom ettirish maqsadida «Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 343-sonli qarori qabul qilindi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar