Qashqadaryo viloyati. 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
01.
11. 2021
18:47
4278
Ma’naviyat va ma’rifat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 14 aprel kuni «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘RQ-615-son Qonun imzolangan bo‘lib, Qonunga muvofiq, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

Ushbu sana munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati Davlat Ekologiya ekspertiza markazi DUK «Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!» mavzusida davra suhbatini Qashqadaryo viloyati Nishon tumani 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchilar va o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘tkazildi.

Bugungi kunda yer yuzida olti mingga yaqin til mavjud bo‘lib, ulardan bor-yo‘g‘i ikki yuzga yaqini davlat tili maqomiga egadir. Davlat tili maqomini olgan shu ikki yuzga yaqin til orasida O‘zbek tilining borligi esa har birimiz uchun iftixor bag‘ishlaydi.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya atrof muhit muhofaza, qilish, boshqarmasi, Davlat "Ekologiya, eespertiza markazi"DUK hamda boshqarma matbuot xizmati bilan birgalikda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar