28.
10. 2021
09:58
3978
Yangiliklar
Hurmatli jurnalistlar va blogerlar!
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi navbatdagi matbuot anjumaniga taklif etadi. AOKA studiyasida o‘tkaziladigan tadbir “Ekologik nazorat reydlarida aniqlanayotgan holatlar va brakonerlikka qarshi kurash” mavzusiga bag‘ishlanadi.
Matbuot anjumani 2021 yil, 29 oktyabr kuni soat 16-00 da boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 30-uy.
Oldindan berib qo‘yiladigan savollarni +99893 500 60 98 telegramm raqamiga yo‘llash mumkin.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati