21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni
22.
10. 2021
19:09
4622
Ma’naviyat va ma’rifat

Til buyuk ne’matdir, har bir millat o‘z tilini e’zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi! Har bir xalq aziz va muqaddas bo‘lgan o‘z tilini asrash, rivojlantirish, jozibasini to‘la namoyon etish uchun harakat qiladi, chunki unda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi. 1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi xalqimiz hayotida shubhasiz buyuk tarixiy voqea va O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan ilk tamal toshi bo‘ldi.

Ushbu sana munosabati bilan Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borshqarmasida «Til buyuk ne’matdir» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati


Har qanday millatning ma’naviy-ma’rifiy kamolot darajasi uning tili, so‘zi va yozuviga qarab baholanadi. Bu uchta tushuncha bir butun bo‘lib tutashadi va o‘zaro birikib ketgan tog‘ cho‘qqisiga o‘xshaydi. Shu manoda tilni - xalqning nomusi, so‘zni-ruhiy, ma’naviy kamolot, yozuvni-sharafli qomus, deyish mumkin.

Millatning faxri va g‘ururi sanalgan tilimizni asrash va uning barhayotligini ta’minlash har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lishi darkor. Jizzax viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan ham til me’yorlariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yaqinda boshqarmada O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Jizzax viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi shoira va yozuvchi Mehribon Abdurahmonova ishtirok etdi va tilimizning boyligi, uni asrash, kelajak avlod yetkazish va barhayotligini ta’minlash hamda o‘zining ijod namunalaridan o‘qib berdi.

Jizzax viloyat

Jizzax viloyat

Jizzax viloyat

Jizzax viloyat

Jizzax viloyat

 


Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Andijon viloyati

Andijon viloyati

Andijon viloyati


Navoiy viloyati Karmana tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan 21 oktyabr -O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM» mavzusida tayyorlangan #onatilimfaxrim chelenji.


Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida ham 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Buxoro viloyati

Buxoro viloyati

Buxoro viloyati


Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bosharmasi «Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!»

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati

 


Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat «Toza hudud» DUK hamkorligida boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.

Namangan viloyati

Namangan viloyati

Namangan viloyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar