«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida tadbir o‘tkazildi
15.
10. 2021
15:57
4113
Ma’naviyat va ma’rifat

Bugun, 15 oktyabr kuni Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni institut direktorining ilmiy ishlar buyicha o‘rinbosari, texnika fanlari buyicha falsafa doktori Hamza Aminov ochib, barchani 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan qutladi. Shundan so‘ng so‘zni tadbir mehmoni — filologiya fanlari nomzodi, «Antik dunyo» xalqaro fanlar akademiyasining akademigi Rahimboy Jumaniyozovga berdi.

R. Jumaniyozov o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini ko‘tarishga mamlakatimizda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritib, ona tilimizning boy imkoniyatlarini aniq misollar yordamida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar