Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori Frank Reysberman bilan onlayn muloqot
13.
10. 2021
17:54
5056
Tadbirlar

2021 yil 13 oktyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘rinbosari J. Kazbekov hamda Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori Frank Reysberman bilan onlayn muloqoti tashkil etildi.

Muloqotda ikkitomonlama hamkorlikni mustahkamlash, grant loyihalarini samarali amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, Global yashil o‘sish instituti (GGGI) – 2012 yil 20 iyundagi BMTning Rio-de-Janeyro (Braziliya) konferentsiyasida ta’sis etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanib, BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega, bosh shtab kvartirasi Seul shahrida joylashgan. Institut Assambleyasi Prezidenti va Kengashi Raisi BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun hisoblanadi.

Hozirgi kunda Global yashil o‘sish instituti dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida 54 ta loyihani amalga oshirmoqda, uning 38 ta a’zosi (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Avstraliya, Daniya, Koreya Respublikasi va boshq.) mavjud, Tashkilot Yashil Iqlim Jamg‘armasi (ZKF) tomonidan moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan xorijiy davlatlar uchun loyiha takliflarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlaydi, hozirgi kunda ulardan 5 tasi ma’qullangan (Efiopiya, Fidji, Indoneziya, Mo‘g‘uliston va Ruanda). Institut tomonidan qiymati 1,3 mlrd AQSh dollari miqdoriga teng loyiha kontseptsiyalari ishlab chiqilgan. Shundan ZKF (Zelenыy klimaticheskiy fond) hissasi 640 mln AQSh dollaridan oshadi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Global yashil o‘sish instituti tomonidan qiymati 5,9 mln AQSh dollari miqdoridagi Orol dengizi tanazzuli salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologik tiklanishi bo‘yicha 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikdagi birinchi loyihasini joriy yil iyun oyidan amalga oshirishni boshladi.

Loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda.

Loyiha doirasida kutilayotgan natijalar:

– Qoraqalpog‘istonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining inson xavfsizligi bo‘yicha ekologik xavfni boshqarish va javob berish imkoniyati oshiriladi;

– Tanlangan hududlar mahalliy iqtisodiyoti tabiiy ofatlarga bardoshli va yashil biznes modellari bilan ta’minlanadi;

– Qoraqalpog‘istonning maqsadli tumanlarida moliya va bank infratuzilmasi yo‘nalishlari sezilarli darajada yaxshilanadi.

Shuningdek, muloqot davomida Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistonda doimiy faoliyat olib boruvchi vakolatxonasini ochish va unga rasmiy diplomatik maqom berish choralari ko‘rilmoqda.

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

Davlat Ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar