Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi
08.
10. 2021
20:39
4470
Yangiliklar

Joriy yil 8 oktyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining «Atmosfera havosini muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar» mavzusida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» PF-5863-son Farmonida atmosfera havosini muhofaza qilish yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Bundan tashqari, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ va «Issiqlik elektr stantsiyalari» AJning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdilar va ular tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, jumladan atmosfera havosini muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar, shuningdek sohadagi mavjud muammolari eshitildi.

Yig‘ilish yakuni bilan, atmosfera havosini muhofaza qilish yo‘nalishidagi mavjud muammo va kamchiliklardan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar