DIQQAT, E’LON!
Hurmatli jurnalist va blogerlar!
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” mavzusidagi navbatdagi matbuot anjumaniga taklif etadi.
Matbuot anjumani 2021 yil 8 oktyabr kuni soat 14-00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi studiyasida boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 30-uy.
Oldindan beriladigan savollarni +99893 500 60 98 telegramm-raqamiga yo‘llash mumkin.
Matbuot anjumaniga marhamat!
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati